Sho’radoshlar

Sho’radoshlar (Seporoochaseae) — ikki urug’pallali o’simliklar sinfining chinnigulnamolar qabilasiga mansub oila. Ko’proq bir yillik o’t, ba’zan buta, chala buta yoki daraxtlardan iborat. Poyasi sersuv. Barglari ketma-ket joylashgan. Gullari ko’rimsiz, to’g’ri, ikki yoki bir jinsli, mayda to’pgullarga yig’ilgan. Ba’zi Sho’radoshlarda mevani o’rab turgan gulqo’rg’on o’zaro tutashib to’pmevalar hosil qiladi. Sho’radoshlar urug’ murtagi taqasimon yoki spiralsimon. 2 katta oilaga bo’linadi. Ko’pincha sho’rxok yerlarda, cho’l va chala cho’llarda, dashtlar va dengiz qirg’oqlarida tarqalgan. Ko’pchilik Sho’radoshlar — begona o’t. O’rta dengiz sohillarida, Osiyo va Afrika cho’llarida Sho’radoshlarning 105 turkumga mansub 1600 turi uchraydi. O’zbekistonda 45 turkumga oid 180 ga yaqin turi o’sadi. Shulardan saksovul, sho’ra, sho’rak va boshqalar turlari chorvachilikda katta ahamiyatga ega.