Shoh Hijron
Shoh Hijron (18-asr) shoir va yozuvchi. Tug’ilgan va vafot etgan yili noma’lum. Asli andijonlik bo’lgan. Qashqar hokimi Xo’ja Jahonxo’janing iltimosiga ko’ra, Firdavsiyning “Shohnoma”sini o’zbek tiliga nazm va nasrda tarjima qilgan. Uning bir nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. №184). Bundan tashqari, Shoh hijronning “Qissai Dorobi Zarrinkamar” (“zar kamarli Dorob qissasi”) sarguzasht asarining qo’lyozmasi ham mavjud. Bu qissada Dorobning kechmishlari, yovuz kuchlarga qarshi kurash yo’lida ko’rsatgan qahramonliklari tasvirlangan.