Shpeman Xans

Ma’nosi

Shpeman Xans (1869.27.6, Shtutgart 1941.12.9, Frayburg, Baden) — nemis embriologi, eksperimental embriologiyaning asoschilaridan biri. Geydelberg, Myunxen, Vyursburg universitetida o’qigan. Rostok (1908-14) va Freysburg (1919— 37) universitetida professor. Berlindagi biologiya instituti direktori (1914-19). Ilmiy faoliyati suvda va quruqlikda yashovchilarning eksperimental embriologiyasiga oid. Shpeman Xans izlanishlari rivojlanayotgan embrion qismlarining o’zaro bog’liqligi, determinasiya va boshqalar jarayonlarni o’rganishga zamin yaratdi. Nobel mukofoti laureati (1935).

O‘xshash so‘zlar

Sh harfi: barcha so‘zlar