Xoshimin

Xoshimin (1976 yilgacha Saygon) Vetnamdagi shahar. Atrofi bilan markazga bo’ysunuvchi alohida ma’muriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 3,6 million kishi (1996). Transport yo’llari chorrahasi. Saygon daryosi bo’yidagi port (Janubiy Xitoy dengizidan 80 kilometr ichkarida). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, ko’nteri, to’qimachilik sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik) va metallsozlik, tayyor kismlardan elektrotexnika va radiotexnika buyumlari yig’ish, kimyo (kauchuk), tsement, yog’ochsozlik korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Badiiy hunarmandchilik, kulolchilik rivojlangan. universitet, muzeylar, ilmiy tadqiqot intlari, Milliy kutubxona va boshqalar bor. Shaharga 1779 yilda xitoylik savdogarlar Tangon (vetnamcha Saygon) nomi bilan asos solganlar. 1864 yildan Saygon Frantsiya mustamlakasi Kohinhin (Janubiy Vetnam)ning ma’muriy markazi. 1954 yil iyuldan hukumat qarorgohi. 1976 yildan shahar shimoliy Vetnam siyosiy arbobi xo Shi Min sharafiga Xoshimin deb ataldi. Saloy va Vinngiem budda pagodalari va boshqalar 18-asrda qurilgan me’moriy yodgorliklari saqlangan.