Xorazm raqsi
Xorazm raqsi – o’zbek xalq raqs uslubi. Xorazm vohasida qadim zamonlarda shakllangan va asrlar davomida rivojlanib kelgan. Xorazm raqsida gavdaning beldan yuqori qismi orqaga tashlanganroq, kuraklar bir-biriga yaqin, tizzalar biroz egik, oyoq uchlari yonga ochilganroq bo’ladi. Xotin-qizlarda rasmiy holatda barmoq uchlari pastga qaratiladi, tirsaklar biroz bukiladi, yigitlarda qo’llar cho’zilgan, tirsaklar to’g’ri bo’lib, barmoqlar yuqoriga, kaftlari yonga qaratiladi. Xotinqizlar bilaklariga zang (mayda qo’ng’iroqchalar) taqib o’ynaydilar. Boshlaridagi taqyatuzi, peshonalariga bog’langan manglay tuzi, ko’kraklariga osilgan shokilalar, quloqlaridagi sirg’alar, bilaklaridagi bilaguzuklar ham raqs usullariga mos tushib, umumiy raqs obrazini yaratishga xizmat qiladi. Yigitlar ustiga to’q rangli kamzul, boshlariga chugurma kiyib o’ynaydilar. Raqs jarayonida barmoklarni qarsillatib, g’oz turib o’ynash, gavda, qo’ldastalarni titratish, elka qoqish, cho’kka sakrash, qayrokdarda usul berish ayollar va erkaklar raqsiga birday xos. Xorazm raqsi harakatlarga boy. Bizgacha yetib kelgan “Chag’alloq”, “Norim- norim”, “Aliqambar”, “Orazibon”, “Mo’ri”, “Xo’bbimboy”, “Shirinnovvot” o’yinlari ijrosida o’g’lon raqqoslar va masxarabozlar o’zini ko’rsatgan bo’lsa, “Ashshadaroz”, “maqom Ufori” kabi raqslarda raqqosalar ustunlik qilgan. “Lazgi” raqs turkumi ijrosida erkak va ayol raqs ustalari birday mahorat bilan o’ynaydilar. Eng mashhur Onajon Xalfa Sobirova (1885-1952) xalfa tomoshasi tarkibini saqlash, garmon chalish va kuylash, raqqoslarni o’ynatishda, ayniqsa, xotin-qizlar raqsini sahnaga olib chiqishda katta xizmat kilgan. S. Ollaberganova, R. Hakimova, R. Otajonovalar Onajon xalfa ansambli ishtirokchilaridir. Xorazm raqsi ijro uslubini, an’analarini, yangi ijtimoiy sharoitlarda saqlash va rivojlantirishda Qambar bola, kanarak bola Saidov, Qodirbergan Otajonov, Karim Ollaberganov, Rimajon Matkari- Mova, Matlatif Saidov, Latif Zarifov, Xudoybergan to’qto’q, Gavhar Matyoqubova va boshqalarning xizmatlari alohida. Xorazm raqsi uslubi Xorazm viloyat teatri, xalq ansambllari, “O’zbekraqs” birlashmasi tasar- rufidagi “Lazgi” ansambli faoliyatida davom yetib kelmoqda. Ad.: Qilichev T., Xorazm xalq teatri, T., 1988; Avdeeva L., O’zbek milliy raqsi tarixidan, T., 2001; Kari Mova R., O’zbek raqslari, T., 2003. Muhsin Qodirov.