Xonsyu, Xondo
Xonsyu, Xondo — Yaponiya arxipelagidagi eng katta orol, Yapon dengizi bilan tinch okean oralig’ida. Maydoni 230,4 ming km2 (atrofidagi orollar bilan birga 231 ming km2), uzunligi 1400 kilometrdan ziyod. Orolda mamlakat axrlisining taxminan 80% yashaydi. Relefi, asosan, tog’li. Orolning Markaziy qismini yirik tog’ tizmalari (Ou, xida, Kiso, Akaisi) egallagan. Vulkan ko’p, Fudziyama vulkani Yaponiyadagi eng baland cho’qqi (3776 metr). Tez-tez kuchli zilzila bo’lib turadi. Sohil qismi kambar tekislik. Oltingugurt, qo’rg’oshin, rux, neft, gaz konlari bor. Iqlimi mussonli, okean iqlimi, shimolda mo’tadil, Janubda subtropik. Kuzda tayfunlar bo’ladi. Daryolari qisqa, serostona, gidroenergiya zaxirasiga boy. Eng katta ko’li — Biva. Tog’lar keng bargli o’rmonlar bilan qoplangan, Janubda subtropik doim yashil va igna bargli o’rmonlar bor. Milliy bog’lar tashkil etilgan. Xonsyu — Yaponiyaning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan hududi. Tekisliklarda aholi zich, dehqonchilik rivojlangan. Yirik shaharlari: Tokio, Osaka, Nagoya, Kioto, Yokoxama, Kobe.