Savt
Savt (Arabcha — ovoz, tovush) — biror cholg’u yoki vokal musiqa asari pardalari va kuy ohangi asosida yaratilgan kuy yoki ashula. O’zbek musiqasida muayyan kuy va ashulalar o’zgacha doira usullariga tushirilib, ularning har xil variantlari yaratilgan va muayyan maqom, xalq kuyi yoki ashulalarining Savti deb atalgan. “Savt” so’zi 16-asrdan boshlab musiqa yozma manbalarida keng qo’llanilib, o’n ikki maqom tizimida kichik shaklli ashulalar sifatida sharhlanadi. Shashmaqomsa esa Savtlar maqomlarning 2-guruh sho’balaridan bo’lib, yirik shakldagi ashula turkumlarini tashkil qiladi va Savti Sarvinoz (Buzruk maqomida), Savti Ushshoq, Savti Kalon, Savti Sabo (Rostda), Savti Navo (Navoda), Savti Chorgoh (Dugohda) deb nomlanadi. Shashmaqomdagi Savtlarning shoxobchalari Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb ataladi va shu nomli doira usullarida ijro etiladi. Slar turli, ayniqsa, turkumli kuy va ashulalarning muayyan qismini ham bildiradi: Savti Ajam — Ajam turkumining 2-qismi; Savti Munojot — Munojot turkumining 2-qismi (mazkur Savtning surnay yo’li ham mashhur); Savti Suvora — Suvoralarning 2-qismi; savti surnay Dutohi — surnay Dugoxining 2-qismi.