Halqali chuvalchanglar
Halqali chuvalchanglar (Appepya) — umurtqasiz hayvonlar tipi. 8 mingga yaqin turi ma’lum. Gavdasi bir necha millimetrdan 3 metrgacha (tropik yomg’ir chuvalchangi). Segment (halqa)larga bo’lingan tanasi ikki tomonlama simmetriyali. Har bir segmentda qilli o’simta — parapodiyalar bor. Qon o’tkazish sistemasi yopiq. Teri, ba’zilari jabra orqali nafas oladi. Chiqarish organi nefridiyalardan iborat. Bosh miya, halqum osti gangliyasi va qorin nerv zanjirlari nerv sistemasini tashkil etadi. Ayrim jinsli yoki germafrodit. 4 sinfi: ko’p tukli chuvalchanglar, kamtukli halqalilar, zuluklar va exiuridlar bor.