Hammualliflik

Hammualliflik – adabiyot, ilm-fan yoki san’at asarlariga bo’lgan mualliflik huquqinnnt yoxud biror-bir kashfiyotga nisbatan mualliflik huquqining ikki yoki undan ortiq shaxsga baravar aloqadorligi. Mualliflik huquqidan foydalanish hammualliflarning o’zaro kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Mukofot berilishi ham shu kelishuv asosida yoki mavjud Qonunchilik asosida ko’rib chiqiladi. O’rtadagi kelishmovchilik yoki nizoli munosabatlar sud orqali hal qilinadi.