Hijra, hijrat

Hijra, hijrat (Arabcha — ko’chib o’tish) — Muhammad (sav) va tarafdorlarining Makkadan Madinaga ko’chishi. O’z diniy targ’ibotini Makkada boshlagan Muhammad (sav) Quraysh mushriklarining unga nisbatan dushmanligi kuchayishi, vaziyatning og’irlashishi natijasida 622 yil safdoshlari bilan Madinaga ko’chishga majbur bo’ldi. Ko’chish bir necha oy davom etgan, 638 yilda xalifa Umar buyrug’i bilan musulmonlar o’rtasida Hijra bilan bog’liq taqvim amalga kiritilgan, ya’ni 622 yil musulmon yil hisobining boshi deb e’lon qilingan.