Himoya aslahalari

Ma’nosi

Himoya aslahalari – jangchilar jangda foydalanadigan himoya vositalari. Qadimda charm ko’krakpo’sh, dubulg’a, qalqon, sovut, zirh, javshan, jubba, hafton, baktar va boshqalar Himoya aslahalari hisoblangan. Otlar ustiga maxsus yopg’ich — bargustvon yopilgan. Og’ir Himoya aslahalari 16-17-asrlargacha qo’llangan. 18-19-asrlarda Yevropa armiyalarida yengil Himoya aslahalari (kaskalar, kirasalar va boshqalar) udum bo’lgan. 1-jahon urushidan boshlab po’lat kaska va shlyomlar, kollektiv himoya vositasi sifatida to’p qalqoni, tank bronyalari va boshqalar qo’llanadigan bo’ldi. Ba’zi zamonaviy armiyalarda po’lat, neylon va boshqa ko’krak “jilet”lari mavjud.

O‘xshash so‘zlar

H harfi: barcha so‘zlar