Hishmat
Hishmat (taxallusi; ism-sharifi Mir Muhammad Siddiq ibn Muzaffar) (1854 — taxminan 1927)-tarixchi va tazkiranavis olim, shoir, xattot. Amir Muzaffarning o’g’li. Ukasi Abdulahad taxtga o’tirgach, 35 yil umrini uy qamog’ida o’tkazgan. BXSR tuzilgach, Amir Olimxonning talabi bilan Kobulga yuborilgan (1923 yil iyul). Hishmat turli janrlarda 30 ga yaqin asar yozgan. Jumladan, “Devoni Hishmat”, ilmi nujumga oid “majmuai Zoija ahkomi nujum” (“Yulduzlar holati asosida tolenomalar majmui”) va boshqalar. Hishmatning “Tazkirat as-salotin” (“Shohlar kitobi”) tarixiy tazkirasi 15-20-asrlarda she’rlar bitgan hukmdorlarga bag’ishlangan. Hishmat avtobiografik xarakterga ega “Durrat attoj”, “Tazkirat ash-shuaro” (“shohlar tazkirasi”) tazkiralarini ham yozgan. Hishmat asarlari qo’lyozmalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.