Hoji Yusuf Hay’atiy
Hoji Yusuf Hay’atiy (Hoji Yusuf Mirfayoz o’g’li) (1842 — Xo’jand — 1924) — ma’rifatchi, sayyoh. Diniy maktabda o’qigan bo’lsada, astronomiya, tabiiyot, geografiya fanlariga qiziqqan. Arabiston va Yevropa mamlakatlariga sayohat qilgan. O’sha mamlakatlar to’g’risida ma’lumotlar to’plagan. Hoji Yusuf Hay’atiy 11 ta katta-kichik globus yasagan. 19-asrning 80-yillarida yasagan eng katta globusi (bo’yi 117 santimetr, sharining aylanasi 160 santimetr, masshtabi I santimetrda 250 kilometr) Samarqanddagi O’zbekiston xalqlari madaniyati va san’ati tarixi muzeyida saqlanadi. Globusga belbog’ tarzida 12 burj doirasi o’rnatilgan, qariyb mingta joy nomi yozilgan. Sayyohning Ko’histon xaritasini chizgani, “falakiyot” asarini yozgani ma’lum.