Hodi Fayzi

Hodi Fayzi (1895, Avliyo ota — 1937) — ma’rifatparvar. Boshlang’ich ta’limni qishloq maktabida olgan, so’ngra Ufadagi G’oliya yangi usul madrasasida o’qigan. 1910 yil Turkistonga kelib ma’rifatparvarlik faoliyati bilan shug’ullangan. Turkiston o’lkasi qishloq va shaharlarida o’qituvchilar tayyorlash kurslarini ochgan. 1917 yilgacha “ozod” gazeta muharriri. Mahalliy millat vakillaridan o’qituvchilar tayyorlaydigan Qo’qon xalq universitetini tashkil etishda qatnashgan (1918), shu universitet o’qituvchisi, “Xalq gazetasi” muharriri. Skobelev (Farg’ona) shahrida viloyat o’qituvchilar kurslarini tashkil etgan, matematikadan dars bergan (1919). Maorif institutida matematika o’qituvchisi (1920). 1921-22 yillarda partiya ishlarida. Moskvadagi o’zbek talabalari o’qiydigan “Buxoro maorif uyi” direktori. Hodi Fayzi O’zbekistonda nashriyot ishi taraqqiyotida faol qatnashgan. 1937 yil dekabrda qatag’on qilingan. Iqtisodiyot nazariyasi va tarixga oid asarlar yozgan. 1956 yil oqlangan. Samarqand shahridagi ko’chalardan biriga nomi berilgan.