Hoshimiylar, Banu Hoshim
Hoshimiylar, Banu Hoshim — 1) Muhammad (sav) bobokalonlari Hoshim ibn Abdumannof avlodlari; Rasululloh (sav) mansub bo’lgan urug’xonadon. Hoshimiylar Muhammad (sav) hayotlarida, ul zot vafotidan so’ng esa Arab-musulmon tarixida muhim rol o’ynagan; 2) Hoshimiylar bir qancha musulmon hukmdorlari sulolasini shakllantirganlar. Chunonchi, 10-asrdan 1924 yilgacha Makka shariflari, uning hokimlari. Bu sulola vakillari (al- Havoshim-Hoshimiylar) 20-asr boshida Hijozda (1908— 25) va Iroqda (1921— 58) davlatni idora etishgan. 1921 yildan Iordaniya Hoshimiylar qirolligida, Hoshimiylarning boshqa bir tarmog’i esa Marokash Qirolligida (10-asrdan) hokimiyatni boshqarib kelmoqda.