ARTON

ARTON, abbat arton — olxo’ri navi. Vatani Frantsiya. Daraxti o’rtacha kattalikda, tarvaqaylamay tikroq o’sadi. Bargi o’rtacha, nashtarsimon. Guli oq. O’zidan changlanadi. Mevasi yirik (45 -55 gramm), tuxumsimon, sirti silliq, usti g’ubor bilan qoplangan, binafsha-qizil rangda. Eti sariq, qalin, juda shirin. Eti danagidan yaxshi ajraladi. Qurg’oqchilikka chidami o’rtacha. Sug’oriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Ko’chati ekilganidan keyin 5 — 6 – yili hosilga kiradi. 10 yoshida har tupi 50 kilogrammgacha hosil beradi. Zararkunanda va kasalliklarga chidamli nav. Aprel o’rtalarida gullaydi. Navning ertagi, o’rtagi, kechki klonlari mavjud (iyul oxiri — sentabr boshida pishadi). Ho’lligida iste’mol etiladi, asosan, qoqi solishga mo’ljallangan. Samarqand, Toshkent viloyatlarida ko’p ekiladi.