Serisit

Serisit (lotincha serikus — ipaksimon) — mineral, oq slyudalar sinfiga mansub muskovitning mayda tangachasimon turi. Kimyoviy formulasi KAl2[AlSi3Ol0] (on)2. Tarkibida K2O ning kamligi hamda SiO2, MgO, N2O ko’pchligi bilan tavsiflanadi. Metamorfik slaneslarda va kupchilik alyumosilikatlarning nurash mahsulotlarida plagioklazlar, ishqorli dala shpatlari, leytsitlar, nefelinlarning kristallarida aralashma ko’rishishida uchraydi. Gidrotermal o’zgargan otqindi va metamorfik tog’jinslarida ikkilamchi mineral sifatida keng tarqalgan.