Signatura

Signatura (lotincha signo — belgilayman, ko’rsataman) (matbaada) — 1) kitobdagi har bir bosma taboqning tartib raqami. Uning 1 va 3-betlariga yoziladi. Kitob varaqlarini tartibga solib tikish (juzlash)da foydalaniladi; 2) literaning pastki qismidagi o’yiq. Uning terilgan qatorga to’g’ri tushishini tekshirish imkonini beradi; 3) vrach yozib bergan dori reseptining nusxasi. Dorixonada doriga qo’shib beriladi.