Sintaktika

Sintaktika (Yunoncha syntaktikos — tartib bilan tuzuvchi, tartibga soluvchi) — semiotikatning turli belgi tizimlari sintaksisini, ya’ni belgi birikmalari tuzilishini, bu tizimlarning shakllanish va o’zgarish qoidalarini ularning ma’nolariga hamda belgi tizimlarining har qanday vazifalariga qiyoslamay o’rganuvchi bo’limi. Semiotik bo’linishda Sintaktika, asosan, nutq zanjirida va umuman vaqt (zamon) izchilligida belgilar orasidagi munosabat sifatida ta’riflanadi.