Siydik ajratish

Siydik ajratish, siyish , Diurez— qovuq to’lganda vaqt-vaqti bilan uni bo’shatib turishdan iborat murakkab fiziologik jarayon; qovuq muskulining qisqarishi va sfinkterining bo’shashi tufayli ro’y beradi. Qovuq to’lganda mexanoreseptorlar ta’sirotni nerv impulelari orqali Markaziy nerv sistemasiga yetkazadi va shu onda kishini siygisi qistaydi. Siydik ajratishni boshqarish markazi orqa miyaning beldumg’aza qismida joylashgan.