Sig’inish

Sig’inish — 1) ilohiy kuchga ega deb qisoblangan narsalarga, xaqiqiy yoki xayoliy mavjudotlarga sajda qilish. Har qanday dinning asosiy elementlaridan biri xisoblanadi. Ibodat, tiz cho’kish, duo o’qish, iltijo qilish, cho’qinish, sajda qilish kabi xatti-harakatlarda namoyon bo’ladi. Turli diniy marosimlarni bajarish ham Sig’inishning ko’rinishidir; 2) biron narsa yoki odamni haddan tashqari ulug’lash (shaxsga Sig’inish).