Sheelit

Sheelit (K.V. Sheele nomi bilan atalgan) — volframatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi sa[\¥04], 10% gacha Mo03 (molibdosheelit yoki zeyrigit), 7% gacha Sio ( ku prosheelit) va Mp, 8g, №>, ta, G’kabi aralashmalari mavjud. Tetragonal singoniyada kristallanadi, dipiramidal kristallar hosil qiladi. Rangsiz, oq, och sariq, yashil, sarg’ish, kulrang, qo’ng’ir, qora turlari bor. Yaltirashi olmosdek, yog’simon. Mo’rt. Qattiqligi 3-5, zichligi 5,5— 6,1 g/ sm3. Yirik uyumlari skarnlarda uchraydi. Granat, piroksen, plagioklaz, amfibol, kvars, molibdenit va boshqalar bilan assotsiatsiyada bo’ladi. Aktsessor Sheelit granit va metamorfik jinslarda, ba’zan pegmatitlarda uchraydi. Sheelit oksidlanish zonasida hosil bo’ladi; nurash jarayonida sochmalarga aylanadi. Asosan, volfram, yo’lyo’lakay molibden rudasi hisoblanadi. Sheelitning sintetik kristallaridan lazer texnikasida foydalaniladi. Rossiya Federatsiyasi, KXDR, AQShda Sheelitning yirik konlari bor. Sheelit O’zbekistonda keng tarqalgan bo’lib, Chatqol, Qurama tog’laridagi mis, molibden va vismut konlarida ko’p uchraydi. Ayniqsa, O’zbekistonning g’arbiy qismida sanoat ahamiyatidagi konlari mavjud (ingichka, Langar, Qo’ytosh, Qoratepa, Yaxton va boshqalar konlar).