Shartnoma

Shartnoma — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxening fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimning turi. Shartnomadan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan Shartnoma mazmuni bayon qilingan hujjat ham “Shartnoma” termini bilan ataladi. “Shartnoma” so’zining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar Shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo’l qo’yilmaydi, Shartnoma tuzish burchi qonunlarda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan Shartnomani ham tuzishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasining FKda Shartnoma to’g’risidagi umumiy qoidalar, Shartnomaning ko’rinishlari, Shartnoma tuzish, uni o’zgartirish va bekor qilish tartibi bayon qilib berilgan (FK, 353 —385modda- lar).