ASAKA TEATRI haqida nimani bilasiz?
ASAKA TEATRI — 1932 yil havaskor yoshlarning “Ko’k ko’ylak” truppasi asosida tashkil etilgan. 1935-39 yillar viloyat musiqali drama teatri deb nomlangan. Teatr jamoasi turli davrlarda ishlagan san’atkorlar: Zulunbek Mamadaliyev (rejissyor), G’anijon Toshmatov, Yusufjon Dadajonov, Qahramon Yo’lchiyev, G’ulomjon Ro’ziboyev (musiqa rahbarlari), Mamanurqori Dolixo’jayev, Abduraim Matkarimov, Halimaxon Dadajonova (aktyorlar), Tursunxon Akbarova, Oyshaxon Usmonova, Habibaxon Oxunova, Tursunboy Yusupov (xonandalar), Shirmonxon G’oziyeva, Oydin Akbarova (raqqosalar) va boshqalar. Repertuarlarida “Halima”, “Nurxon”, “Gulsara”, “Farhod va Shirin” kabi mumtoz sahna asarlari bor edi. 1939 y.il teatr jamoasi tarqatib yuborildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda yana shakllandi va “Neftchilar” klubida faoliyat ko’rsatdi. 1959 yilda teatr “Xalq teatri”ga aylantirildi. Ad.: Rahmonov Sobirjon, Asaka, T., 1999. O’tkirbek Sulaymonov.
O‘xshash so‘zlar
- ASAKA haqida nimani bilasiz?
- ASAKAOVDON haqida nimani bilasiz?
- ASAKA TUMANI haqida nimani bilasiz?
- ASAKA AVTOMOBIL ZAVODI haqida nimani bilasiz?
- ASAL haqida nimani bilasiz?
- ASAL SIRKASI haqida nimani bilasiz?
- ASALARI BITI haqida nimani bilasiz?
- ASALARI BO’RISI haqida nimani bilasiz?











