Rezus-faktor
Rezus-faktor (Rh) — odamlar va Bengal makakalari eritrositlarida bo’ladigan antigen. Rezus-faktor bor yoki yo’qligiga qarab rezusmusbat (Rh+ odamlarning 85%) va rezusmanfiy (Rh— odamlarning 15%) organizmlarga ajratiladi. Qon quyishda Rezus-faktorning amaliy ahamiyati katta. Rezusmanfiyli odamlarga rezusmusbatli odamlarning qoni quyilsa yoki rezusmanfiyli ayolning homilasi rezusmusbatli bo’lsa, immune kasallik (chaqaloqlarning gemolitik kasalligi va boshqalar) vujudga kelishi mumkin. Bunday holatlarni aniqlash va davolash hozir yaxshi yo’lga qo’yilgan. Tug’ruq vaqtida, shuningdek, qon quyishda qon gruppasi kabi, Rezus-faktor ham, albatta, hisobga olinishi shart.