Real ish haqi

Real ish haqi — moddiy ne’mat va maishiy xizmatlarda ifodalangan, ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori; iste’molchilar o’zlarining haqiqiy ish haklariga amalda qanday miqdorda iste’mol ne’matlari sotib olishlari va xizmatlardan foydalanishlari mumkinligini ko’rsatadi. Real ish haqi ham nominal ish haqi miqdori, ham iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlari darajasi, shuningdek, ish haqidan to’lanadigan soliqpar hajmi bilan belgilanadi. Real ish haqi, inflyasiya sharoitlarida, agar inflyasiya ish haqini oshirish, indeksatsiyalash bilan qoplanmaydigan bo’lsa, pasayib ketadi. Real ish haqii boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosib, iste’mol buyumlari va xizmatlar narxi darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha ifodalash mumkin.