Regenerator
Regenerator (lotincha regenero — tiklayman) — issiqlik texnikasida — issiqlik eltgich (bug’, gaz, suyuqlik) dan ajraladigan issiklikni regeneratsiya qilish (issiqlikdan foydalanish) uchun mo’ljallangan issiqlik yig’gich (o’tga chidamli pishiq g’ishtin terma) li bir yoki bir nechta kameradan iborat bo’ladi. Pech yoki issiklik agregatidan chiqadigan “qaynoq” yoki pech yoki agregatga kiradigan “sovuq” issiqlik eltgich issiqlik yig’gich elementni galmagal qamrab o’tadi. “Qaynoq” issiqlik eltgich issiqlik yig’gichni qizdiradi, “sovuq” issiqlik eltgich esa undan qiziydi. Isqsiqlik eltgich uzluksiz kiradigan va davriy ravishda kiradigan Regeneratorlar bor. Uzluksiz Regeneratorda havo temperaturasi 1000-1200° gacha qiziydi. Davriy Regeneratorda issiqlik yig’gich qo’zg’almas bo’ladi, “sovuq” issiqlik eltgich aylanib turuvchi havo patruboklarida 400° gacha qiziydi. Metall Regeneratorlar ham bor, lekin ular kamroq qo’llanadi. Regenerator metallurgiya va shisha sanoatida, energetika va boshqa sohalarda ishlatiladi.