Rahmonqulov Hojiakbar
Rahmonqulov Hojiakbar (1925. 9.2, Chimkent viloyati Sayram tumani) — huquqshunos olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990). Yuridik fanlari Doktori (1970), 2-jahon urushi qatnashchisi. Toshkent yuridik institutini tugatgan (1950). O’zbekiston Adliya vazirligi boshqarmasida katta taftishchi (1950 51, 1956-57). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, sho’ba, bo’lim mudiri (1957-80, 1985-91), direktor (1991-97). SamDU kafedra mudiri (1980-85). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul xodim (1991). O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasida professor, 1999 yildan Toshkent yuridik institutida kafedra mudiri. “Jasorat” medali bilan mukofotlangan (1994). As: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1-qismiga umumiy tavsif va sharxlar, T., 1997; oldi-sotdi shartnomasi, T., 2000; xususiy mulk va uning daxlsizligi, T., 2000; xalqaro xususiy huquq (darelik; hammualliflikda), T., 2002.