Rastr

Rastr (lotincha raster — xaskash) — Parallel yorug’lik dastasi tuzilishini o’zgartirish uchun bir xil tipli elementlar (linzalar, teshiklar, prizmalar va boshqalar)dan tuzilgan to’r; bir-biriga yelimlab biriktirilgan 2 ta ko’zgu oynasidan iborat optik asbob. Oynaga oq va qora parallel chiziqlardan mayda tur tushirilgan. Ishlatilishiga qarab, shaffof va qaytargichli xillarga bo’linadi. Rastr tasvirni ko’paytirishi, ko’plab elementar qismlar yoyilishi, butun holatdagi tasvirni yaratishi mumkin. Rastr matbaada (oq-qora va rangli tasvirlarni bosishda, stereoskopik tasvirlar hosil qilishda), kinotexnika, videotexnika va boshqalarda foydalaniladi.