Rag’bat

Rag’bat — inson his-tuyg’ulari, ruhiy holatlari rivoji va barqarorlashuviga yordam beruvchi, uni faollikka undovchi psixik ta’sir. U javob reaktsiyasi sifatida shaxsga ta’sir o’tkazishning vositasi vazifasini bajaradi. Shu bois Rag’bat ham sabab, ham oqibat rolini o’ynaydi. Bixeviorizmsz. Rag’bat bilan reaktsiya munosabati tashqi ta’sir (muhitdagi o’zgarishlar), organizmning harakatlarga javob reaktsiyasi sifatida talqin qilinadi. Rag’batni motiv (ichki turtki) bilan aynanlashtirish mumkin bo’lmasada, ba’zi holatlarda Rag’bat ichki turtkiga aylanishi ham mumkin. Psixologiyada Rag’bat inson ruhiyatiga, bilvosita dunyoqarashiga, hissiyotiga, kayfiyatiga, qiziqishiga, intilishiga ijobiy ta’sir o’tkazishdir. Rag’bat moddiy va ma’naviy mazmunga ega bo’lib, shaxsning faoliyat samaradorligi ortishiga xizmat qiladi.