Rasm, qalamtasvir

Rasm, qalamtasvir — tekis yuzaga qo’lda chiziq va nursoya (oqqora bo’yoq dog’lari) yordamida ishlangan tasvir; rassomlik san’ati (rangtasvir va grafika)nish ifoda vositasi. Rasmda asosiy ifoda vositasi chiziq bo’lib, qo’lda grafika vositalari qalam, Pero va boshqalar yordamida chegara chiziq (kontur chiziq) yoki qisqa va yuliq chiziq (shtrix)lar hamda bo’yoq dog’larida bir xil (axromatik) rangda bajariladi. Bu ifoda vositalarining turlicha qo’shilishi natijasida (shtrixlar kombinatsiyasi, bo’yoq dog’lari va chiziqlarning uyg’unligi va boshqalar) Rasmning nafis ishlanishi, tus, ranglarning ohangdorligi, nursoyaning o’ta ta’sirchanligiga erishiladi. Rasm qog’oz, mato, devor va boshqalarga qalam, ko’mir, Pero, sangina, mo’yqalam va boshqalar vositasida, tosh, taxta, metall kabi qattiq yuzalarga o’tkir uchli buyum (qurol, bigiz va boshqalar) bilan o’yib chiziladi. Rasm, asosan, bir rangda yoki turli ranglarni u yoki bu darajada qo’llanishi bilan bajariladi. Rasmning tugal mazmun, ma’lum g’oyaviy estetik qarashlarni ifodalovchi mustaqil (dastgoh) hamda biror san’atga bog’liq (kitob bezagi, ilmiy ishlarni izohlashga yordam beruvchi qo’shimcha material va boshqalar) holda yaratiladigan turi mavjud. Tasviriy, amaliy bezak san’ati va me’morlikda Rasm muhim o’rin egallaydi, ularning asosini o’rganish Rasmdan narsa, buyumlarni yuza (qog’oz)da tasvirini ishlashdan boshlanadi. Borliqni o’rganish va bilish, Real borlikdan abstrakt tafakkurga o’tish jarayonida Rasm katta imkoniyatga ega. Badiiy Rasm tekis yuzada ishlanadigan barcha tasvirlar (rangtasvir, grafika, bo’rtma tasvir — relef)ning asosini tashkil etadi, bajarilishiga ko’ra tugallangan (portret, manzara va boshqalar) hamda naturadan yaratilgan xomaki Rasm, chizgi, eskiz, etyud va boshqa turlari farqlanadi. Yagona nusxada yaratilishi bilan Rasm grafika, gravyura va litografiyadan farq qiladi. Rasm rangtasvirda asar yaratishning dastlabki bosqichi bo’lib, unda bo’lajak asarning tuzilishi, buyum va obrazlarning fazoviy joylanishi, ko’rinish chegara chiziklari, o’lcham va uning nisbatlari belgilab olinadi. Grafikada Rasm badiiy ijodning mustaqil va asosiy yo’nalishi hisoblanadi hamda uning turlari asosini tashkil etadi. Rassom g’oyaviy estetik qarashlarini qalam, ko’mir qalam, sangina, pastel va boshqalar vositasida ifodalab, mo’jiza yaratishi va kishini hayratlantiradigan darajadagi san’at asarini maydonga keltirishi mumkin. Rasm badiiy ta’limning (asosan, naturadan chizish, o’quv mashqi) asosini tashkil qiladi. Rasm texnologik jihatdan quruq va suyuq holdagi bo’yoq ashyolaridan foydalanib bajariladi. Eng qadimgi quruq bo’yoq — ko’mirga aylangan yongan yog’och qoldiqlari bo’lgan. Uo’g’onish davrida italyan qalami (qora bo’r) va sangina (qizil bo’r) ishlatila boshlangan, 16-asr oxiridan grafit, 18-asrda bugungi kunda keng tarqalgan qalam amalda qo’llanila boshlagan. Suyuq bo’yoqlar (tush, siyoh, sepiya, bistr) yuzaga Pero, qush pati, mo’yqalam yordamida tushiriladi, bu bo’yoqlar alohida yoki aralashtirib ish- latilishi mumkin. Rasm o’rnida hoz. kunda qalamtasvir, chizmatasvir iboralari ham keng ishlatiladi (masalan, rangtasvir Rasmi, ya’ni uning qalamda ishlangan tasviri — qalamtasvir).