Rahimov Jalil
Rahimov Jalil (1915.1.5, Andyukon tumani Xartum qishlog’i — 1985.5.4, Andijon) — O’zbekiston xalq artisti (1960). Loxugiy nomidagi Toshkent teatr texnikumini tugatgach (1934), Andijon teatrida aktyor Rahimov ijodiga hajviy obrazlar yaqin bo’lib, tashqi bo’rttirish, ta’rif-tavsiflarning keskinligi, o’tkir qochirimlar uning qahramonlariga xosdir. Yosuman (“Farhod va Shirin”), Otinbuvi (“Gulsara”) kabi kampirlar va Osip (“Revizor”), Oqilmirza (“Nomus va muxabbat”) kabi hajviy obrazlarni, keyinchalik Kablayi (“besh so’mlik kelin”), Jo’ra (“Burgutning parvozi”), Etov (“Muhabbat”), Qo’ziyev, Marasul (“Shohi so’zana”, “og’riq tishlar”), Toshbolta (“Toshbolta oshiq”), Roller (“Qaroqchilar”) singari obrazlar yaratgan. Filmlar (“Hamza”, “Natashaxonim” va boshqalar) da ham suratga tushgan.