Rayhoniy

Rayhoniy — xattotlik uslubi; Arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Muhaqqaq xati asosida yaratilgan, ixtirochisi Ibn Bavvob va Ibn Mukla’. Xat go’zalligi va nozikligi tufayli Rayhon nomi bilan Rayhoniy deb ataladi. Suls xatiga qaraganda Rayhoniyda aylanma shaklli xarflar yotiqroq, “vov”, “mim” harflari cho’ziqroq yoziladi va harflar oxiridagi qayrilmalar bo’lmaydi. Bu xat kitob sahifalari bezagida, 14-15-asrlarda kitob xotimalarini yozishda ishlatilgan. Jamoliddin Yoqut, Ja’far Boysunquriy, Boysunqur Mirzo ushbu xat ustasidir.