Rahimova Gulora

Rahimova Gulora (1948.25.3, Bog’ot tumani Bog’ot qishlog’i) — aktrisa, xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1992). Urganch pedagogika institutini tugatgan (1970). 1973 y.ilan Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida ishlaydi. U avval yakkaxon xonanda, keyinroq spektakllarda bosh rollarda chiqa boshlagan. Gulsanam (Uyg’un, “Beruniy”), Nurxon (K. Yashin, “Nurxon”), Saidabegim (Shalomayev, “Ibn Sino”), Shohsanam (Ayyomiy, “Oshiq g’arib va Shohsanam”), Layli (Navoiy, “Layli va Majnun”), Munavvar (H. Muhammad, “Toshkentning nozanin Malikasi”), Ketavani (N. Dumbadze, “Quyoshni ko’rayapman”), Ug’iloy (K. Avaz, “Marvarid taqqan ayol”), Gulasal (P. Telegenov, “Toshlar tilga kirganda”), To’maris (N. Salayev, “To’maris”), Gulsumbonu (E. Samandar, “Arab Muhammadjon”), Durdava (“Avesto”) kabi rollarni ijro etgan. Xonanda sifatida “Feruz”, “Samarqand ushshog’i”, “faryod”, “Guluzorim”, “Dugoh”, “Buxoro to’lqini” kabi mumtoz hamda “O’zbekiston”, “Vatan” kabi zamonaviy qo’shiqlar, laparlarning mohir ijrochisi Rahimova haqida videofilm (rejissyor H. Qahramonov) suratga olingan (1999).