Rahimboyev Abdulla

Rahimboyev Abdulla (1896, Xo’jand — 1938.7.5) — davlat va jamoat arbobi. Samarqand yerlar gimnaziyasi (1912), Toshkent o’qituvchilar seminariyasini (1917) tugatgan. Rahimboyev 1919 y.dan sho’ro muassasalarida faoliyat yurita boshladi. Turkiston ASSR MIK raisi (192022). RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligida kollegiya a’zosi (1921 yil mart—avgust). Bir muddat Moskvaga chaqirilib, RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligida ishlagan. So’ng Rahimboyev Buxoro Kompartiyasi (1923 yil iyun—noyabr) va Turkiston KP MK kotibi (1923 yil noyabr — 1924 yil noyabr) lavozimlarida ishlagan. 1925 yildan Moskvada yashab turgan. SSSR xalqlari Markaziy nashriyoti boshqarmasi raisi (1928 yil iyul — 1929 yil may). Tojikiston SSR XKSning Raisi (1933 yil dekabrdan), SSSR MIK raislaridan biri (1934 yildan). “Millatchilik tashkiloti”ning a’zosi degan ayblar bilan qamoqqa olingan (1937 yil 7 sentabr) va otishga hukm qilingan. Rahimboyev 1956 yil oqlangan. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.