Kalidasa

Kalidasa (taxminan, 5-asr) — hind shoiri va dramaturgi. Kalidasadan “Raghu nasli”, “Kumariyning tug’ilishi”, “Darakchi budut”, “yil fasllari” lirik dostonlari hamda “Malavika va Agnimitra”, “Uzugidan tanilgan Shakuntala” (yoki “Shakuntola”), “matonat bilan olingan Urvashi” dramalari qolgan. Hind adabiyotining qadimgi yodgorliklari sanalgan vedalar, “Mahabhorat” va “Ramayana” epik dostonlari Kalidasa asarlariga manba bo’lib xizmat qilgan. Kalidasa xalq manfaatlarini nazar-pisand qilmaydigan hukmdorlarning bosqinchilik urushlarini qoralagan, insonning ijodiy salohiyatini ulug’lagan. Kalidasa “Raghu nasli” dostonida afsonaviy Raghu naslining hayoti, shuningdek, Hindistondagi turli xalqlarning turmush tarzini aks ettirgan. Kalidasa — nozik ruhshunos hamdir. Uning dramaturgiyasi qadimgi Hindistonda teatr san’atining yuksak darajada rivoj topganligini ko’rsatadi.