ASIDOL

ASIDOL — suvda erimaydigan, o’tkir hidli to’q jigarrang, moysimon suyuqlik. Neftning ishqoriy qoldiqlarini sulfat kislota bilan parchalab olinadi. Asidol moy asosidagi loklar ishlab chiqarishda erituvchi, emulgator, sovun ishlab chiqarishda o’simlik moylari o’rniga, mato, gazlama va terini bo’yashda insektisid va fungisid modda sifatida qo’llaniladi.