Taxallus

Taxallus (Arabcha — qutulish, xalos bo’lish) — biror ijodkor (shoir, yozuvchi, olim va shu kabi) yoki siyosiy arbobilaning o’zi uchun tanlab olgan ikkinchi nomi. Har bir muallif Taxallusni muayyan maqsadlarni ko’zda tutgan holda qo’llaydi. Masalan, omma o’rtasida o’z ijodini ta’kidlab ko’rsatish, o’z ism-familiyasidan qoniqmaslik, muayyan xavf-xatar, taxdiddan qochish, yashirinish va boshqalar. Sharq san’ati va adabiyoti namoyandalari, katta olimlari o’zlariga turli narsalarga, sifat va xususiyatlarga ishora tarzida (Ulug’bek — Muhammad Tarag’ay, Navoiy, Lutfiy, Bobur, Mujrimobid, Munis, Zavqiy), mashg’uloti, kasbiga nisbatan (Gulxaniy, Charxiy), tug’ilgan yoki yashagan joyiga nisbatan (Buxoriy, Koshg’ariy, Marg’inoniy, Nasafiy, Taroziy, Xorazmiy, Xo’jandiy, Chustiy, Shoshiy, Yugnakiy, Yassaviy), yashash tarzi yoki qismatiga ishora sifatida (Gadoiy, G’aribiy, uzlat, Muqimiy, Furqat) va boshqa omillarga karab Taxallus olganlar yoki tanlaganlar. Sharqda ham, G’arbda ham ko’pchilik ijodkorlar faqat Taxallusi bilan mashhur bo’lishgan. Masalan, Beruniy — Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad, Navoiy — G’iyosiddin o’g’li Alisher, Muqimiy — Muhammad Aminxo’ja o’g’li, Oybek — Muso Toshmuhammad o’g’li, Yashin — Komil Nu’monov, Chustiy — Nabixon Xo’jaev; Stendal — Anri Mari Beyl, Jorj Sand — Avrora Dyupen va boshqalar. Ba’zi shoirlar birdan ortiq Taxallus bilan (Navoiy — Foniy; Mujrim — Obid; Nodir — Uzlat — Mahjur; Nodira — Maknuna — Komila kabi), ba’zan bir necha shoir bir Taxallus bilan (“Navoiy” Taxallusli 10 ga yaqin shoir bo’lgan) ijod qilganlar. Sharq mumtoz adabiyotining deyarli barcha namoyandalari, ko’pchilik olimlar va ba’zi siyosiy arboblar ma’lum Taxallusga ega bo’lishgan. Taxallus qo’llashning adabiyotshunoslikda ahamiyati katta: bayoz, devon, majmua kabi qo’lyozma manbalar matnlarida qo’llangan Taxallus tufayli tegishli asarlarning mualliflari anikdangan. Navoiy Taxallusning shu ma’nodagi ahamiyatini “Lison ut-tayr” asarida quyidagicha izdautaydi: sahna debosiyu nazm inshosidur, Kim taxallus nozimi tam/osidur. Bu kim oni birla topti imtiyoz ne varaqkim, nazm qildi avin roz. Kim bu Sa’diy yo Nizomiyning durur, yo bu Xusravning, bu Jomiyning durur. Hozirgi kunda Taxallusning shoir yoki yozuvchi o’z ismi va familiyasini qo’shimchasiz qo’llagan ko’rinishi uchraydi: G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Izzat Sulton, Jamol Kamol, Usmon Azim va boshqalar.