To’rayev Baxtiyor Fayziyevich

To’rayev Baxtiyor Fayziyevich (1963.26.10, Kattaqo’rg’on shahri) — teatr rassomi, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (1999). Toshkent san’at institutini tugatgan (1991). 1991 yildan O’zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtiruvchi rassom, 1996 yildan bosh rassom. G. Brimning shogirdi. To’rayev har bir spektaklning asl mohiyatini anglashga hamda ifoda etishga intiladi, tasviriy, fazoviy va shakliy vositalar orqali o’ziga xos tarzda, falsafiy mushohada bn sahna kengliklaridagi teatrlashtirilgan shaklu shamoyilini yaratadi. “Alpomish”, “Fig’on”, “Yorqinoy”, “Muhabbat sultoni”, “aldagani xotin yaxshi”, “Abulfayzxon”, “Qatag’on”, “Cho’lpon”, “Amir Temur”, “Chimildiq”, “AlFarg’oniy”, “Mashrab”, “piri koinot” spektakllari liboslari salobatli, go’zal, davriga mos holatda hal qilingan.