Madreimov Po’lat Shamshetovich
Madreimov Po’lat Shamshetovich (1942.15.1, Qoraqalpog’iston, Chimboy shahri) — baletmeyster. O’zbekiston xalq artisti (1977). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1965). 1965— 70 yillar Qoraqalpoq teatrida baletmeyster, 1970-74 yillar Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida, ayni vaqtda 1970 yildan “Oyqulash” ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar. Raqslarida qoraqalpoq xalqining hayoti va urf-odatlari, tarixini xalq o’yinlari va marosimlaridan olingan milliy harakatlar orqali ifodalashga intiladi. Sahnalashtirilgan eng yaxshi raqslari: “o’tov”, “lolalar raqsi”, “Orol yigitlari”, “mehnat zavqi”, “O’ynasin”, “Oyqulash”, “jilva”, “Nozli qiz”, “chavandozlar”, “yoshlar sayli”, “uchrashuv” va boshqalar. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (2000).