Mar-del-plata

Mar-del-plata — Argentinaning Sharqiy qismidagi shahar. Buenos-Ayres provintsiyasida. Aholisi 541,8 ming kishidan ziyod (2001). Temir yo’l va shosse yo’l orqali Buenos-Ayres shahri bilan bog’langan. Atlantika okeani sohilidagi port, mamlakatning harbiy dengiz floti bazasi. Oziq-ovqat (jumladan, baliq konservalash), poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Janubiy Amerikaning eng yirik dengiz bo’yi kurortlaridan biri. Shaharga 1874 yilda asos solingan. Muzey, universitet bor. Turizm rivojlangan. Xalqaro shaxmat turnirlari o’tkaziladi.