Hayot, tiriklik, tirik organizmlar
Hayot, tiriklik, tirik organizmlar — materiyaning eng yuksak shakli. Zamonaviy qarashlarga binoan Hayot tashqi muhitdan oliialigan energiya hisobiga o’z-o’zidan boshqariladigan va o’z-o’zini bunyod etish xossasiga ega bo’lgan o’ziga xos strukturalardan iborat. Molekulyar biologiya. biofizika, biokibernetika va boshqa fanlar sohasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida Hayotning moddiy asoslari biopolkmerlar ekanligi aniqlandi. Ulardan oqsillar va nuklein kislotalar barcha tiriklikning doimiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Biopolimerlar Hayot namoyon bo’lishining molekulyar jarayonlarida ishtirok etadi. Hayotiy jarayonlarda oqsillarning ahamiyati ular kimyoviy tuzilishi va biologik funktsiyasining xilma-xilligi bilan belgilanadi. Har qanday genetik informasiya oqsil molekulasida aminokislotalarning ketma-ket joylanishi orqali namoyon bo’ladi. Genetik informasiyani nuklein kislotalar (DNK yoki RNK) o’zida saqlaydi va irsiyatga o’tqazadi. Oqsillar biosintezida bu informaеsiya hujayraning genetik apparati (genom) dan tsitoplazmaga o’tib, oqsil molekulasiga aminokislotalar qoldiqlari ketma-ketligidan iborat uzun zanjir shaklida yozib olinadi, oqsillar sintezining amalga oshirilishi orqali nuklein kislotalar hujayrada kechadigan moddalar almahinuvi tavsifini belgilab beradi. Moddalar almashinuvi esa o’zaro muvofiqlashgan va dinamik bog’langan assimilyatsiya (plastik almashinuv) va dissimilyatsiya (energiya almashinuvi) jarayonlari yaxlit sistemasidan iborat. Bu jarayonlar tufayli tirik organizmlar hayotiy funktsiyalarining bajarilishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoit vujudga keladi, ya’ni ular tarkibining o’z-o’zidan yangilanishi sodir bo’ladi va bu tarkibning nisbiy turg’unligi saqlanib qoladi. Umumiy ma’noda Hayot o’ziga xos strukturalarning tashqi muhitdan olingan energiya sarfi orqali o’z-o’zini boshqarish va bunyod etishi tariasida talqin qilinadi. Bu tavsifdan moddalar va energiya almashinuvi orqali organism bilan tashqi muhit o’rtasida doimiy bog’lanish bo’lib turishi to’grisidagi tushuncha kelib chiqadi. Organizmda moddalar almashinuvi assimilyatsiya jarayonlari majmuidan iborat. Assimilyatsiya hujayra molekulyar komponentlarining, jumladan tur uchun xos bo’lgan moddalar (oqsil, nuklein kislotalar) sintezi va dissimilyatsiyasini, ya’ni ishlatib bo’lingan moddalarning parchalanishi va organizmdan chiqarilishini o’z ichiga oladi. Mazkur jarayon energiyaning qayta taqsimlanishi orqali sodpr bo’ladi. Bu jarayonda avtotrof fotosintezlovchi organizmlar (yashil o’simliklar, fototrof bakteriyalar) quyosh energiyasini o’zlashtirib, uni kimyoviy bog’lar energiyasiga aylantiradi (masalan, ATF sintezi, fosforlanish). Xemosintezlovchi avtotrof (temir va oltingugurt bakteriyalari) kam oksidlangan anorganik birikmalar energiyasidan, geterotroflar (ko’pchilik bakteriyalar, hayvonlar, zamburug’lar) esa avtotroflar yoki boshqa geterotroflar sintezlagan organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan energiyadan foydalanadi. Metabolitik o’zgarishlar davomida energiyaning ko’p qismi issiqlik shaklida yo’qotilishi natijasida organizm — muhit sistemasi Entropiyasi oshadi. Hayotga moddalar almashinuvi jarayoni sifatida qarash o’z ahamiyatini yo’qotmagan, lekin bu qarashlar yangi ma’-lumotlar bilan boyib bormoqda. Moddalar almashinuvi — hayot uchun zarur bo’lgan tuzilmalarning saqlanib turishi va hosil bo’lishining zurur sharti sifatida har bir organizm turi uchun o’ziga xos bo’ladi. Hayotning zamonaviy tavsifiga ko’ra, uning asosiy xossalariga modddlar almashinuvi bilan bir qatorda o’z-o’zini yaratish (reprduktsiya), irsiylanish va o’zgaruvchanlik namoyon qilish, o’sish va rivojlanish, ta’sirlanish va ta’sirga javob berish, o’z-o’zidan boshqarilish, ritmlilik, energiyaga muhtojlik va boshqa xususiyatlar ham kiradi. Muayyan tuzilgan strukturalarning buzilishi bilan Hayot ham to’xtaydi. Strukturalarning o’ziga xos xususiyatlari matrisa usulida ko’payadigan genetik programmada mavjud bo’lgan axborot bilan bog’liq. Matrisa sintezi jarayonida genetik programmadan xato nusxa olinishi (mutasiya) mumkin. Buning natijasida olingan programma nusxalar o’rtasida farq (konvariant replikatsiya) paydo bo’ladi. Mutatsiyalarning asosiy qismi evolyutsiyaning dastlabki davrlarida sodir bo’ladigan reparasiya mexanizmlari orqali yo’qotiladi, lekin saqlanib qolgan irsiy o’zgarishlarning o’zi organizmlarning xilma-xil bo’lishi va ularda tashqi muhit sharoitiga har xil moslanishlar vujudga kelishi uchun yetarli bo’ladi. Organizmlar belgilarining xilma-xilligi tabiiy tanlanish uchun shart-sharoit yaratadi; bu esa, o’z navbatida. yashash sharoitiga qarab organizmlarning mukammallashuvi (Progress) ga yoki ular tuzilishining soddalashuvi (refess)ga olib keladi. Shunday qilib, Hayot o’z mohiyatiga ko’ra o’z-o’zini yaratadigan jarayon sifatida evolyutsiyaning shart-sharoitlarini belgilab beradi. Yer yuzasida Hayot molekulyar, hujayra, organizm, populyasiya, tur, biogeosenez (ekosistema) va biosfera darajalarida namoyon bo’ladi. Biologiya fanlarining 20-asrda erishgan yutuqlari asosida ishlab chiqilgan Hayotning zamonaviy tavsiflari uni tabiatan moddiy emasligi to’g’risidagi g’ayri-tabiiy nazariyalarga o’rin qoldirmaydi. Shuning bilan birga bu tavsiflar Hayotni faqat fizik-kimyoviy qonuniyatlar bilan boglab qo’yishga imkon bermaydi. Moddalar almashinuvi asosida amalga oshiriladigan Matritsa sintezi va undan kelib chiqadigan biologik evolyutsiya notirik tabiat uchun xos bo’lmaydi. Mohiyatiga ko’ra Hayot notirik tabiatga nisbatan materiya harakatining ancha yuksak darajadagi shakli hisoblanadi. Ad.: Engelgardt V.A., Poznanie yavleniy jizni. M., 1984; Yugay G.A. Obshaya georiyajizni, M., 1985;Gibor G. Jizn i ee Proisxojdenie, Per. s vengerskogo, M.. 1984; umumiy biologiya, T., 2004; Mavlonov O., Biologiya, T., 2003. Ochil Mavlonov.