Hamroboyev Ibrohim Hamroboyevich
Hamroboyev Ibrohim Hamroboyevich (1920.05.05, hozirgi Qirg’iziston Respublikasining Ush viloyati, Uzgan shahri — 2002.29.06, Toshkent) — geolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1973), O’zbekistonda (1970) va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980). O’rta Osiyo davlat universiteti geologiya fakultetini tugatgan (1942). Choruxdayron geologiya-qidiruv partiyasi va Pomir ekspeditsiyasida geolog (1942- 1948); O’zbekiston Fanlar Akademiyasi geologiya va geofizika institutida katta ilmiy xodim (1947-49), laboratoriya va bo’lim mudiri (1949-2002), fan bo’yicha direktor o’rinbosori (1958— 1959), shu institut direktori (1960-1992) va konsultanti (1992-2002). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yer haqidagi fanlar bo’limi raisi (1994-1996). Ilmiy ishlari, asosan, O’rta Osiyo magmatizmi, ayrim majmuali formatsiyalarning geokimyoviy va metallogenik xossalariga bag’ishlangan. 1950-yillarda O’rta Osiyoda oltin bilan margimushning uzviy paragenezisini aniqladi. Shu asosda yangi oltin konlari (Chormiton, Muruntov, Tomditov va boshqalar) topildi. Hamroboyev oltinli ruda konlari hosil bo’lishida yer ichki tuzilishining ahamiyati haqidagi g’oyani rivojlantirdi, O’zbekistonda oltin va boshqa muhim rudalarni qazib chiqarish sanoatini rivojlantirish bilan shug’ullangan. G’arbiy O’zbekistonning metallogenik xaritasini tuzgan. Xalqaro geologik kongresslar (Daniya — 1960, Hindiston — 1964, Frantsiya — 1959, Chexoslovakiya — 1963, Norvegiya — 1966, Italiya — 1974) qatnashchisi. Hamroboyev nomiga yangi topilgan mineral (hamroboevit) qo’yilgan. Geologiya va geofizika institutida Hamroboyevning xona muzeyi tashkil qilingan. Davlat mukofotlari (1960, 1966), Beruniy nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1989). “Shuhrat” medali (1994) bilan mukofotlangan. As: Eksperimentalnoe modelirovanie prosessov magmatogennogo porodoi rudoobrazovaniya, T, 1976 (v soavtorstve); Petrografiya asoslari (darslik), T., 1964, 1984 (hammualliflikda); priroda sloev i granislitosferi Sredney Azii, T, 1988 (v soavtorstve); evolyuysiya magmatizma v Sredney Azii, M., 1986 (v soavtorstve); Magmaticheskie, metasoma- ticheskie formasii i svyazannme s nimi orudeneniya, T., 2005. Ad.: K 85-letiyu Akademika I.X. Xamrabayeva. Vospominaniya, T., 2005.