Hamroyev Javlon Razzoqovich

Hamroyev Javlon Razzoqovich (1934.10.7, Namangan – 1997.18.10, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1989). Razzoq Hamroevning o’g’li. Teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1966). 1962-97 yillar «O’zbek-film» qoshidagi «kinoaktyor studiyasi»da aktyor. 40 dan ortiq filmda suratga tushgan: shofyor («vijdon amri bilan»), Farhod («Farhodning jasorati»), Anvar («26-otilmasin»), Matqovul («Olovli yo’llar»), qaroqchi («Alibobo va qirq qaroqchi»), arslonov («jazirama quyosh ostida») va boshqalar. Kuchli dramatizm, psixologik teranlik, davr qarama- qarshiliklarini ifodalashda katta iste’dod, fikr va hissiyotlar to’lqini Hamroyev ijodiga xos.