Hamroyev Ergash

Ma’nosi

Hamroyev Ergash (1909, Farg’ona, Rishton qishlog’i — 1942.15.2, Smolensk) — milliy kino asoschilaridan, kinodramaturg, aktyor. Leningrad sahna san’ati texnikumini tugatgan (1930). «Yuksalish» (Yo’ldosh), «ajoyib ish» (Ergash), «Ramazon» (Temur), «Yigit» (Po’lat) kabi birinchi o’zbek filmlarida bosh rollarni ijro etgan. «Tohirning xanjari» nomli pyesa, «Otalar», «xizmatchi» nomli stsenariylar yozgan. 2-jahon urushida halok bo’lgan.

O‘xshash so‘zlar

H harfi: barcha so‘zlar