Parvonalar
Parvonalar (Pyralidae) — kapalaklar oilasi. 20 mingga yaqin turi ma’lum. Qanotlari yoyilganda 1-5 santimetr; oldingi qanoti uchburchak shaklida yoki ensiz uzunchoq, orqa qanoti esa keng bo’lib, cheti kalta shokilali. Barcha qit’alarning, asosan, cho’l, quruq dasht, chalovzor va o’tloqlarida tarqalgan. Ko’pchiligining qurtlari o’simlik ichida (ildiz, kurtak, meva va boshqalar) yoki o’ralgan barglarda yashaydi. Hammaxo’r. Parvonalardan o’tloq va poya parvonalari, shuningdek, dukkakli ekinlarga akasiya parvonasi, don va turli ombordagi mahsulotlarga ombor parvonalari zarar keltiradi.