Papanin Ivan Dmitriyevich

Papanin Ivan Dmitriyevich (1894.14.11, Sevastopol — 1986) — qutb tadqiqotchisi, geografiya fanlari doktori (1938). Kontr-admiral (1943). Ikki marta qahramon (1937, 1940). 1932-35 yillarda Arktika ilmiy styalarining boshlig’i. Rossiyaning birinchi ko’chib yuruvchi “SP— 1” stansiyasiga boshchilik qilgan (1937-38). Shimoliy dengiz yo’li boshqarmasi boshlig’i (1939— 46). Fanlar Akademiyasining dengiz ekspeditsiyasi ishlari bo’limi boshlig’i (1951), 1952— 72 yillarda Fanlar Akademiyasi ichki suvlar biologiyasi instituti direktori. Geograiya jamiyatining faxriy a’zosi (1938). Taymir yarim orolidagi burun, Antraktidadagi tog’lar, tinch okeandagi suv osti tog’i Papanin nomiga qo’yilgan. As: Jizn naldine, M., 1938; Lyod i Plamen, M., 1977.