Panspermiya

Panspermiya (Pan… va sperma) — keng ma’noda — kosmik bo’shlikda hayotning bir joydan ikkinchi joyga utishi to’g’risidagi gipoteza; tor ma’noda — hayotning yerga kosmosdan kelib qolganligi to’g’risidagi gipoteza. Panspermiyani nemis olimi G.Rixter (1865) taklif etgan; shved olimi S.Arrenius (1895) asoslab bergan. Bu gipotezaga binoan, Yerga tirik organizmlar meteoritlar va kosmik chang bilan birga kelib qolgan. Bu taxmin ayrim mikroorganizmlar va ular sporasining radiatsiya, kuchli vakuum va uta sovuklikka juda chidamli bulishiga asoslangan. Lekin hozirgacha mikroorganizmlarning yerdan tashqarida paydo bo’lishi to’g’risida hech qanday dalil yo’q.