Pannoniya
Pannoniya (Pannonia) — 8-asrda barpo etilgan Rim viloyati (provintsiyasi). Hozirgi Vengriya hududining g’arbiy qismi, sobiq Yugoslaviyaning shimoliy qismi va hozirgi Avstriyaning Sharqiy qismidan iborat bo’lgan. Pannoniya atamasi illiriylarga mansub pannonlar qabilasi nomidan olingan. Rimning 400 yillik hukmronligi natijasida Pannoniya juda romanlashgan Pannoniyaga muttasil ko’chib kelayotgan varvarlar hisobiga qishloq aholisining nufusi ortgan va bu holat viloyat iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi tarmog’i ustuvorligini ta’minlagan. Milodiy 2-5-asrlarda chegara hududlarida yashovchi qabilalar (kvadlar, markomannlar, sarmatlar, gotlar, gunnlar va boshqalar) bilan bo’lgan doimiy urushlar oqibatida Pannoniyadagi Rim hukmronligi 5-asr boshiga kelib barham topgan.