Pankov Mixail Aleksandrovich
Pankov Mixail Aleksandrovich (1902, Qozog’iston Respublikasi Qo’stanay viloyati — 1975.11.1, Toshkent) — tuproqshunos olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1965), qishloq xo’jalik fanlari doktori (1946), professor (1949), O’rta Osiyo universitetining qishloq xo’jaligi fakultetini tugatgan. (1929). Tuproqshunoslik va geobotanika institutida (1927-37), O’zbekiston Fanlar Akademiyasida ilmiy xodim (1937-47); Toshkent qishloq xo’jaligi instituti tuproqshunoslik kafedrasi mudiri (1945-67), 1968 yildan shu kafedrada professor. O’rta Osiyoning ko’pgina hududlarida tuproqlar tadqiqoti ishlariga rahbarlik qilgan. Ilmiy ishlari, asosan, tuproq eroziyasi va sho’rlanishi hamda ularning melioratsiyasi masalalariga bag’ishlangan. As: Tuproqshunoslik (darslik), T., 1963; Meliorativnoe pochvovedenie, T., 1974.